Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi (bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyatining Beshariq hamda Toshkent viloyatining Bekobod va Yangiyo‘l shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bekobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.B. “B.” MCHJga qarashli yer maydonidagi suv nasoslarini hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 310,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Beshariq tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.B.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari xo‘jalik ekin yer maydonini sug‘orishda jami 99,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa YTT N.K. “Fayzobod” MFY hududidagi savdo do‘konida konditsioner va muzlatkichlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 208,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha “zapravka”lar o‘rganiladi Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi To‘rt hududda 675 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi