13 Avgust 2024, 12:57 Oʻzbekiston

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlayotganini ma’lum qildi.

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

16-avgust sanasidan Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi. Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar ham 16-avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Mashhur yangiliklar