12 Avgust 2024, 18:56 •Oʻzbekiston
Zomindagi osma dor yo‘li vaqtincha yopildi
Jizzax viloyatida joylashgan “Zomin” turistik-rekreatsion zonasidagi osma dor yo‘li profilaktika ishlari olib borilishi sabab yopildi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” turistik-rekreatsion zonasidagi osma dor yo‘li 12 avgustdan 18 avgustgacha ishlamaydi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Osma dor yo‘li faoliyati sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini olib borish uchun vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Osma dor yo‘li 2023 yil avgustida ochilgan. Uning uzunligi 2102 metr bo‘lib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat ko‘rsatadi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveytsariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda ikki kishi ayiq hujumidan halok boʻlgani haqidagi xabar rad etildi Zomin qoʻriqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi Жиззахда 7-синф болани урган ўқитувчи ишдан олинди Зомин тоғ-ўрмон давлат қўриқхонасидан айиқ қочиб кетгани ҳақидаги хабарлар рад этилди
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53