Salim Abduvaliyev vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi
IIV axborot xizmati rahbariga ko‘ra, mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Facebook’da yozishicha, bu haqda xabar 11-avgust kuni YouTube’dagi kanallarning birida paydo bo‘ldi. Ayrim Telegram kanallar bu ma’lumot feyk ekani haqida yozmoqda.
IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov esa mazkur xabarlarni rad etdi.
“Tarqalgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deya javob berdi vazirlik mas’uli.
Eslatib o‘tamiz, Salim Abduvaliyev 2024-yil 19-mart kuni Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi