O‘zbekistonlik boks murabbiyi To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi
Delegatsiya Hasanboy Do‘smatovning Olimpiada chempioni bo‘lganini nishonlayotgan vaqtida To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchragani aytilmoqda.

O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Parijdagi Rolan Garros arenasida Hasanboy Do‘smatovning Olimpiada chempionligi nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchradi. Bu haqda bir qator xorij nashrlari yozmoqda.
Unga ko‘ra, voqea kiyinish xonasida ro‘y bergan. Dastlab birinchi yordam ko‘rsatildi, ammo 2-3 daqiqa ham murabbiy o‘ziga kelmadi.
Yaxshi hamki, o‘sha vaqtda Britaniya jamoasi shifokorlari Harj Singh va Robbi Lillis yaqinroqda bo‘lishgan. Ular zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishgan — defibrilliator yordamida Qilichevning hayotini saqlab qolishgan. So‘ng murabbiy shifoxonaga yuborilgan.
Xuruj sabab murabbiy shogirdlari — Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullojonov ishtirokidagi finallarni o‘tkazib yubordi.
To‘lqin Qilichev hozirda shifoxonada va muolajalardan so‘ng uning holati barqaror.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdumalik Halokov professional boksdagi ikkinchi jangida g‘alaba qozondi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi O‘zbekistonda kelgusi Olimpiadaga tayyorgarlik chun qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi
Soʻnggi yangiliklar







