10 Avgust 2024, 18:35 Oʻzbekiston

Samarqandda dalahovlisida 670 tup marixuana yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand tumanida 48 yoshli fuqaro dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirayotgani aniqlandi.

Samarqandda dalahovlisida 670 tup marixuana yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, 1 avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand tumani Yangi ariq mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1976 yilda tug‘ilgan erkak dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning hovlisidan 15 kg 300 gm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, dalahovlida bo‘lgan 3 nafar shaxsning holatga aloqadorligi bo‘yicha tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Mazkur voqea yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “b” bandi va 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar