10 Avgust 2024, 11:56 Jahon

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil qamoq jazosi tayinlandi

Qozog‘iston IIV sobiq rahbari Yerlan Turg‘umbayevga 5 yil muddatga shartli qamoq jazosi tayinlandi.

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil qamoq jazosi tayinlandi

Ostona jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayevni 5 yilga shartli ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi Zakon.kz.

Qayd etilishicha, prokuror 2022 yil yanvardagi namoyishlarga doir ish bo‘yicha mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblangan sobiq vazirga 5 yil qamoq jazosini so‘ragan. Sud o‘z aybiga iqror bo‘lgani, chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, Turg‘umbayevga nisbatan shartli jazo tayinladi.

Sud hukmiga ko‘ra, shuningdek, IIV sobiq rahbari 10 yil muddatga muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilgan. Bundan tashqari, sud Qozog‘iston prezidentiga Turg‘umbayevni maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish taklifini kiritgan.

Sobiq vazir 2024 yil aprel oyi oxirida og‘ir oqibatlarga olib kelgan hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. Ushbu moddaning eng yuqori jazosi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Mashhur yangiliklar