9 Avgust 2024, 18:45 Oʻzbekiston

Boʻrijar kanalidan nomaʼlum erkakning murdasi topildi

Hozirda hodisa joyiga IIV va FVV xodimlari yetib borib, surishtiruv ishlarini boshlagan.

Boʻrijar kanalidan nomaʼlum erkakning murdasi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi kanallarning biridan nomaʼlum erkakning jasadi topilgani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi. Unda aytilishicha, murda bugun, 9-avgust kuni soat 16:00 larda Chilonzor tumani hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanalidan topilgan.

NOVA24 holat yuzasidan maʼlumot olish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bogʻlanganida, u “hozircha maʼlumot yoʻq, keyinchalik (aniqlashtirilganidan soʻng), xabar beraman”, deb javob berdi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, jasad anhor boʻylab oqib kelgan, suv atrofida boʻlgan kishilarni uni koʻrib qolgan. Ayni vaqtda hodisa joyiga IIV va FVV xodimlari yetib kelib, surishtiruv ishlarini boshladi. Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.

Mashhur yangiliklar