Dam olish kunlari ham O‘zbekiston hududida juda issiq ob-havo saqlanib turadi
Harorat kunduz kunlari 9 avgustda 39-41, 10−11 avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari nisbatan salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 40-42 daraja, janubida ba’zi joylarda 45 darajagacha bo‘ladi.
Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarga salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Hafta o‘rtasida ushbu hududlarda kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduz kuni havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi.
Dam olish kunlari havo harorati kunduz kunlari 33-38 daraja atrofida, respublika janubida 39-41 darajagacha bo‘ladi. Bu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda 11 avgust kuni momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7−12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 metr/sekund tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10−14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechalari 10 avgustda 24-26, 11 avgustda 22-24 daraja, kunduz kunlari 9 avgustda 39-41, 10−11 avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi Bugun havo harorati 13 darajagacha ko‘tariladi 13-yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishi aytildi 11-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi