8 Avgust 2024, 19:38 Sport

Ulugʻbek Rashitov Parij Olimpiadasi yarim finaliga chiqdi

U keyingi jangini Ispaniya vakili Xaver Peresga qarshi olib boradi.

Ulugʻbek Rashitov Parij Olimpiadasi yarim finaliga chiqdi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Teakvando boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ulugʻbek Rashitov “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini boshlab oldi.

Qayd etish kerakki, yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib teakvando bahslariga kirishgan hamyurtimiz -68 kg vazn toifasida xitoylik Liang Yushayni magʻlubiyatga uchratib medal uchun katta qadam tashladi.

Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundi 2:1 va ikkinchisi 9:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Ulugʻbek keyingi bosqichga chiqdi. Hamyurtimiz yarim finalda Ispaniya vakili Xavyer Peresga qarshi bahs olib boradi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Ulugʻbek Rashitov 2002-yil 23-martda tavallud topgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida chempion boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida tayekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Mashhur yangiliklar