Raqobat qo‘mitasi Termiz davlat pedagogika institutiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Raqobat qo‘mitasi Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tenderi natijalari bekor qilingani hamda institutga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tender savdosi natijalari bekor qilindi, deya xabar qildi Raqobat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan 2024-yil 11-iyulda boshlang‘ich qiymati 2 mlrd so‘mlik o‘tkazilgan tender savdosi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Qo‘mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishda, buyurtmachi (Termiz davlat pedagogika instituti) tomonidan institutining yangi qurilayotgan o‘quv binosiga mebellar xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymati 2 mlrd 2 mln 382 ming 125 so‘mlik tanlov savdosi o‘tkazilgan.
Tender savdosida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar (“STEKLOPLASTIK” MChJ, “GLOBAL TEX PROM SERVIS” MChJ,» MUHAMMADALI SAVDO SANOAT SERVIS» MChJ, “FAROVON-FAYZ” XK, “NEATEST” MChJ va “OMAD XAMROX MEZON” MChJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini nisbiy qiymati ishlab chiqilmagani ma’lum bo‘lgan.
Ishni ko‘rib chiqish natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablari buzilishi alomatlari yuzasidan buyurtmachiga (Termiz davlat pedagogika instituti) nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha Qo‘mita ko‘rsatmasi bilan tender savdosi natijalari bekor qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi