2 Avgust 2024, 17:43 Oʻzbekiston

Toshkent va Farg‘onada “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Toshkent va Farg‘onada “valyutchik”lar qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.E. fuqaro U.Y.ga jami 5 300 AQSH dollarini 67 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Qo‘shtepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.E. jami 3 150 AQSH dollarini 40 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida 3 200 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar