2 Avgust 2024, 13:16 Oʻzbekiston

Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish maqsadida ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkent shahar jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2-avgust kunidan boshlab, avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qator o‘zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • 28-sonli Yangiobod mavzesi—Tibbiyot akademiyasi yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar;
  • 32-sonli Sergeli 6a-mavzesi—Gulobod ko‘chasi yo‘nalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
  • 119-sonli Qo‘yliq 1-mavzesi—Yunusobod dehqon bozori yo‘nalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
  • 121-sonli Yunusobod mavzesi 9-daha—Chinni bozori yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar;
  • 156-sonli Qipchoq metrosi—G‘alaba mahallasi yo‘nalishda MAN rusumli avtobuslar;
  • 174-sonli Jumabozor qo‘rg‘oni—Aviasozlar ASHB yo‘nalishda Yutong CNG rusumli avtobuslar bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Mashhur yangiliklar