1 Avgust 2024, 19:24 Oʻzbekiston

Toshkentda katta miqdordagi aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent shahridagi do‘konlarda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi

Toshkentda katta miqdordagi aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi savdo do‘konlaridan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YTT “A.N.”ga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi N.A. xaridorga 1 quti “R1” nomli tamaki mahsulotini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 50 turdagi 2 535 quti tegishli hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R-A.” xususiy korxonasi savdo do‘konidan 673 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar