31 Iyul 2024, 09:23 •Oʻzbekiston
Buxoroda 5 yashar bolani kaltaklagan erkakka doir ish hujjatlari sudga yuborildi
O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, bolaga yengil darajadagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Buxoroda erkak o‘g‘li bilan urishgan 5 yashar bolani kaltakladi. Bolalar ombudsmani ushbu fuqaroga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida 24-iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola A.S. bilan urishgan. Shu sababli A.S.ning otasi X.F. bolani yuziga urib, jarohat yetkazganligi maʼlum bo‘lgan.
O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, bolaga yengil darajadagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan X.F.ga MJtKning 52-moddasi 2-qismi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudiga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi Qashqadaryoda erkak kuyovini urib o‘ldirdi Xotinining boshiga belkurak bilan urgan erkak qamaldi Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi Buxoroda 23 yoshli talaba qiz yotoqxonada oʻz joniga qasd qildi
Soʻnggi yangiliklar
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rahbar tayinlandi
21 Dekabr 2024, 19:08O‘zbekistonda Bojxona kodeksining yangilangan loyihasi ishlab chiqiladi
21 Dekabr 2024, 18:14Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi
21 Dekabr 2024, 17:23Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi
21 Dekabr 2024, 16:3022 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi
21 Dekabr 2024, 15:20Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi
21 Dekabr 2024, 14:25Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21 Dekabr 2024, 13:28Husanov faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin
21 Dekabr 2024, 12:31