31 Iyul 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi

Checheniston yetakchisi O‘zbekiston prezidentiga tug‘ilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovg‘a qildi.

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi

Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovg‘a qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.

Bugun Grozniyda ‘Ahmatʼ Osiyo jang ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotdor otni topshirdim. Bu boshqa katta akamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tib ketgan tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a. Uning ushbu oliyjanob hayvonlarga muhabbatini bilgan holda, ishonamanki, sovg‘a ma’qul keladi. Otlar yosh bo‘lsada, turli musobaqalarda o‘zini muvafaqqiyatli ko‘rsatgan,  deb yozadi Qodirov.

Shuningdek, Checheniston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga o‘z nomidan eng yaxshi tilaklarini yetkazib qo‘yishlarini so‘ragan. U Checheniston Respublikasi mintaqalar o‘rtasidagi qalin birodarlik aloqalari yuzaga kelganini qadrlashi va faxrlanishini, shubhasiz, bunda shaxsan Shavkat Mirziyoyevning xizmati katta ekanini ta’kidlagan.

Mashhur yangiliklar