30 Iyul 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chirildi

Taʼmirlash ishlari olib borilishi tufayli Toshkentning Uchtepa hamda Bektemir tumanlaridagi ayrim hududlar vaqtincha elektr taʼminotidan vaqtincha uzildi.

Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chirildi

Toshkentning Uchtepa hamda Bektemir tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Shu bois quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Uchtepa tumani: “Degrez”, “Nishabariq”, “Ko‘kcha Oqtepa”, “Jurjoniy”, “A.Qodiriy”, “Sharq guli”, “Qoryog‘di”, “Istirohat”, “Xondamir”, “Ibrat”, “Beshqayrag‘och” hamda “Jarbuloq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 14:00 gacha;
  • Bektemir tumani: “Iqbol” va “Chashma” MFYlarining ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar