27 Iyul 2024, 13:14 Oʻzbekiston

Toshkent viloyati hokimi xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratgani maʼlum bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimi xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zoir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi mazkur xabarlar yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘lari hisoblanadi.

Xodimlarni rag‘batlantirish mezonlari mavjud bo‘lib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yo‘nalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi. Ajratilgan mablag‘lar davlat rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikada davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar to‘lanishi nazarda tutilgan.

Mashhur yangiliklar