27 Iyul 2024, 09:56 Oʻzbekiston

Farg‘onada bo‘lajak kelin-kuyov YTH qurboni bo‘ldi

Farg‘onadagi YTHda bo‘lajak kelin-kuyov halok bo‘ldi.

Farg‘onada bo‘lajak kelin-kuyov YTH qurboni bo‘ldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sodir bo‘lgan YTHda bo‘lajak kelin-kuyov vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa O‘zbekiston tumanida Qo‘qon—Yaypan—Isfara yo‘lida sodir bo‘lgan. Spark haydovchisi harakat vaqtida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Oqibatda Gentra bilan to‘qnashuv sodir etgan. Gentra haydovchisi yonida unashtirilgan qizi ham bo‘lgan.

Gentra’dagi bo‘lajak kelin-kuyovning biri 21-iyulda, yana biri esa 22-iyulda shifoxonada vafot etgan.

Mashhur yangiliklar