26 Iyul 2024, 13:21 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda parlament saylovlari saylovi 27-oktabrda o‘tkaziladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda parlament saylovlari saylovi 27-oktabrda o‘tkaziladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi 27-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Konstitutsiya va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib, 26-iyuldan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasiga start berildi.

Konstitutsiyaning 128-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.

Mashhur yangiliklar