24 Iyul 2024, 14:02 •Oʻzbekiston
Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi
2025 yil 1 apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash ijtimoiy karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi.
“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:
- 2024 yil 1 dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar;
- 2025 yil 1 apreldan bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash.
- Bunda, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;
- nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temiryo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
- kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar.
- 2025 yil 1 iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to‘langan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish;
- 2025 yil 1 oktyabrdan hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq fuqarolarga budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa to‘lovlar taqdim etish;
- 2026 yil 1 yanvardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish.
2025 yil 1 oktyabrdan pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
1-iyuldan fuqarolarning hujjatlari elektron shaklda ham tan olinadi O‘zbekistonda yagona ijtimoiy karta joriy etiladi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda o‘quvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyil pedagog kadrlar aniqlanadi
10 Yanvar 2025, 17:33Ikki viloyatda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qo‘yiladi
10 Yanvar 2025, 16:55Surxondaryoda 112 mln so‘mlik marixuana savdosiga chek qo‘yildi
10 Yanvar 2025, 16:10O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
10 Yanvar 2025, 15:37Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
10 Yanvar 2025, 15:01Sirdaryoda 10 ming dollarga AQSh vizasini va’da qilgan shaxs ushlandi
10 Yanvar 2025, 14:26“Siti” Husanov uchun 50 mln yevro sarflashga tayyor — Sky Sport
10 Yanvar 2025, 13:42Migratsiya agentligi ogohlantirish bilan chiqdi
10 Yanvar 2025, 13:08