Raqobat qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi
Raqobat qoʻmitasi 1,4 mlrd soʻmlik tender yuzasidan Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi.
Maʼlum boʻlishicha, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “qadriyatim.uz” va “tanlov.manaviyat.uz” saytlari hamda mobil ilovalarini, shuningdek, markaz veb-portalini yaratish boʻyicha tender savdolarini oʻrganib chiqqan.
Natijada boshlangʻich narxi 1,4 milliard soʻmlik tender savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablariga rioya qilinmagani alomatlari borligi aniqlangan.
Keltirilishicha, hozirda holat yuzasidan Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, u belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Natijasi haqida qoʻshimcha axborot taqdim etiladi, deyiladi qoʻmita xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi