Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Iyun oyi oxirida Germaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Tilo Klinner o‘z missiyasini yakunlagan edi.
Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Vazir elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Biz tobora kengayib borayotgan O‘zbekiston-Germaniya ikki tomonlama hamkorligi kun tartibi, hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri sheriklikni mustahkamlash, ko‘proq iqtisodiy ko‘priklarni barpo etish va boshqa masalalarga to‘xtaldik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob elchi va elchixona jamoasining aloqalarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Maʼlumot uchun, iyun oyi oxirida Germaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Tilo Klinner o‘z missiyasini yakunlagan edi. Yangi tayinlangan elchi 2019—2023-yillarda Germaniyaning Belarusdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi Germaniyadagi Eronning barcha bosh konsulxonalari yopilmoqda Oʻzbekistonning Shveysariyadagi yangi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi