O‘zbekistonda yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Prezident farmoniga asosan O‘zbekiston uchun yangi milliy turizm brendi ishlab chiqiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 18-iyuldagi turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga asosan O‘zbekiston uchun yangi milliy turizm brendi ishlab chiqiladi.
Adliya vazirligini xabar qilishicha, yangi brend yaratishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashdan iborat.
Turizm qo‘mitasiga 1-oktabrgacha uni yaratish uchun tanlov o‘tkazish topshirildi.
O‘zbekistonning amaldagi turizm brendi 2013-yilda ro‘yxatga olingan. U Uzbekistan yozuvi, tog‘lar, yangi oy va gumbazdan iborat. Logotip turli tadbirlarda, suvenirlarda, turistik transportda, samolyotlarda va boshqa ommaviy axborot vositalarida qo‘llaniladi.
Birinchi global sayyohlik mediakampusining ishga tushirilishi Xalqaro turizm kunida (27-sentabr) bo‘lishi mo‘ljallanmoqda.
2024−2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qilish reja qilinmoqda.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan 3 kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Мавзуга оид хабарлар:
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi Qozog‘iston sayohat uchun eng yaxshi mamlakatlar qatoriga kirdi Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatildi O‘zbekistonda texnikum direktorlari endi ochiq tanlov asosida tanlab olinadi