22 Iyul 2024, 12:43 Jahon

Kamala Harris AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatida ekanini aytdi

AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Kamala Harris AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatida ekanini aytdi

AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 21 iyul, yakshanba kuni Amerika OAV uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: «Prezidentning tasdig‘ini olish men uchun katta sharaf va men bu nomzodlikni qo‘lga kiritish va g‘alaba qozonish niyatidaman».

Harris respublikachi Donald Trampni mag‘lub etish uchun «Demokratik partiya va xalqni birlashtirish» maqsadida «hamma narsani qilishini» qo‘shimcha qildi.

Oq uyning sobiq rahbari Tramp, o‘z navbatida, avvalroq CNN telekanaliga «Harrisni mag‘lub etish osonroq bo‘ladi», deb aytgan edi.

Mashhur yangiliklar