20 Iyul 2024, 14:46 •Oʻzbekiston
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
Hukumat qarori bilan xususan, turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi;
- turizm xizmatlarini, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;
- markaz («Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK) ariza beruvchining ko‘chmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi;
- vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda qaysi davlatlarga ko‘proq borayotgani aytildi Oʻzbekiston maktablarida “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi Endi ayrim tadbirkorlar chetdan avtobus va mikroavtobuslar import qilganida bojxona bojidan ozod etiladi O‘zbekistonda yangi milliy turizm brendi yaratiladi Oʻzbekiston turistlarni jalb qilish uchun TTJdan 50 mln dollar kredit oladi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53