19 Iyul 2024, 16:07 Oʻzbekiston

Windowsʼdagi texnik muammolar O‘zbekistondagi aeroportlar faoliyatiga taʼsir qilmadi — Uzbekistan Airports

AJ axborot xizmati ayni damda barcha aerodromlarda uchish va qo‘nish jarayonlari odatdagidek davom etayotganini maʼlum qildi.

Windowsʼdagi texnik muammolar O‘zbekistondagi aeroportlar faoliyatiga taʼsir qilmadi — Uzbekistan Airports

Windowsʼdagi texnik muammo tufayli banklar, to‘lov tizimlari va aeroportlar faoliyatida global uzilish kuzatilmoqda. Texnik muammo O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga taʼsir qilmagani aytildi.

Uzbekistan Airports barcha aerodromlarda uchish va qo‘nish jarayonlari odatdagidek davom etayotganini maʼlum qildi.

“Ayni damda barcha aerodromlarda uchish va qo‘nish jarayonlari odatdagidek davom etmoqda. Aviakompaniyalar yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishda dasturiy nosozliklarga duch kelgan taqdirda, Uzbekistan Airports aviatashuvchilarga o‘zining muqobil ro‘yxatga olish tizimini taklif qilishga tayyor”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Microsoft Azure maʼlumotlarni saqlash platformasidagi nosozlik tufayli Amerika aviakompaniyalarining kamida 130 ta reysi bekor qilindi va 200 dan ortiq reys kechiktirildi.

Turkish Airlines aviakompaniyasi chiptalarni bron qilish va reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelmoqda.

Mashhur yangiliklar