19 Iyul 2024, 14:03 Oʻzbekiston

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. 18-iyul kuni u bilan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva uchrashdi.

Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Ma‘lumot uchun, Zeavit Ben-Hillel 2020-yil iyulidan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mashhur yangiliklar