Toshkent va Fargʻonada advokatlar 50 ming dollar bilan ushlandi
DXX tomonidan Toshkent, Fargʻona va Samarqand shaharlarida advokatlarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda joylarda tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Xususan, Fargʻona shahridagi advokatlik firmalarida ishlovchi 2 nafar advokat oʻzaro til biriktirib, 2023-yilda sud hukmi bilan 6 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini viloyat sudi tomonidan taftish tartibida koʻrish davomida, unga nisbatan tayinlangan jazoni sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazoga oʻzgartirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Toshkent shahridagi advokatlik firmasining muqaddam bir necha marotaba sudlangan advokati Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida aniqlangan 12 mlrd. soʻm miqdoridagi zararning 6 mlrd soʻmini prokuratura va ichki ishlar organlaridagi tanishlari yordamida jabrlanuvchi foydasiga undirib berish evaziga 100 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, u soʻralgan pul mablagʻidan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, advokatning mazkur noqonuniy ishga aloqador boʻlgan hamkasbi va muqaddam prokuratura organlarida ishlagan tanishi ham 50 ming AQSH dollaridan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi. Samarqand shahridagi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaroning turmush oʻrtogʻi bilan qonuniy nikohini bekor qilishda sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘rt viloyatda pora olayotgan advokatlar qo‘lga tushdi Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan shifokor ushlandi Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora bilan ushlandi Toshkentda advokat va yurist 75 ming dollar bilan ushlandi Qashqadaryo hamda Jizzaxda ekologiya va qurilish mutaxassislari pora bilan ushlandi