Jizzaxda fermer xo‘jaliklari 745 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jizzax viloyatida 745,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulagan.
Shu orqalijami 745,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda aka-uka do‘kon ishchilarini kaltakladi Xorazmdagi g‘isht zavodida qariyb 4,8 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Namanganda 2,3 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona masʼuli qoʻlga olindi Elektr energiyasini hisoblash boʻyicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi