Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga oʻtkaziladi
Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʻyicha jazo choralari kuchaytirilishi kutilyapti.
Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi. Oʻtgan bir yarim yilda ekspertizasi yoʻq 2,2 ming obyekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. Oʻtgan yil roʻyxatdan oʻtkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obyekt aniqlangan.
Shu bois ushbu inspeksiya hukumat tarkibiga oʻtkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʻyicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bolalarni bogʻchaga joylashtirish soddalashtirildi