17 Iyul 2024, 10:29 Reyting

Oʻzbekiston mobil internet tezligi reytingida 12 pogʻona yuqoriladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich boʻyicha 2020-yilga nisbatan 56 pogʻona koʻtarilgan.

Oʻzbekiston mobil internet tezligi reytingida 12 pogʻona yuqoriladi

Oʻzbekiston mobil internet tezligi reytingida oʻtgan oyda 12 pogʻona koʻtarildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich boʻyicha 2020-yilga nisbatan 56 pogʻona koʻtarilgan.

“Yaʼni aholi oʻsishi va narxlar saqlangan holda koʻproq mobil internetga ega tariflar koʻpayib, tarmoqqa talab kundan kunga ortishiga qaramay, oʻrtacha tezlikni oshirish boʻyicha operatorlar reytingdagi boshqa koʻpgina davlatlardagidan koʻra koʻproq harakat qilishmoqda.

Albatta, bu hali yetarli emas, internet tezligini va sifatini oshirish boʻyicha operatorlarimiz yanada koʻproq harakat qilishlari zarur”, — deb yozadi Sherzod Shermatov.

Yanvar oyida Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha dunyoning 144 mamlakati ichida 91-oʻrinni egallagandi.

Mashhur yangiliklar