Surxondaryoda oʻta noyob sirtlon oʻldirilgani aniqlandi
Ekologlar bu tur Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgani, Oʻzbekiston boʻyicha faqat shu viloyatda borligi, uning oʻta noyob ekanini aytmoqda.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda sirtlon oʻldirilgani aks etgan suratlarni oʻrganib chiqdi.
Vazirlik xabariga koʻra, voqea 2023-yilning oktyabr oyi oxiri — noyabr oyi boshlarida viloyatning Shoʻrchi tumani Obodon mahallasida boʻlgan. Qonunbuzar ham aniqlandi, holat oqibatida tabiatga 1 milliard 60 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Xodimlar oʻrganish natijasida bir bosh nomaʼlum hayvonning suyaklarini topdi. U qaysi hayvon turiga tegishliligini oʻrganish maqsadida tashkilotlarga joʻnatildi. Xulosa olingach, hujjatlar chora koʻrish maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi, deyiladi xabarda.
Jinoyat kodeksining 202-moddasiga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni nobud qilish eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi Bosh prokuratura Toshkent havosini ifloslantiruvchi korxonalarni tekshira boshladi Qoraqalpog‘istonda 3 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi Samarqandda qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi Автомобиллар учун стикерлар: Янги чекловлар Ўзбекистонда ҳаво сифатини яхшилашга ёрдам берадими?