Qo‘qon aeroportidan Toshkent, Samarqand va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Viloyat aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirilgan hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilingan.
Qo‘qon aeroportidan 15-iyuldan boshlab Toshkent, Samarqand va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 12-iyul kuni Farg‘ona viloyatida prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingandi.
Mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida 2024-yil mart oyida ushbu aeroport yangidan ochildi va ushbu aeroportga birinchi texnik parvoz amalga oshirildi. 11-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi.
Viloyat aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirilgan hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilingan. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kvadrat metr maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurilgan.
Yig‘ilishda prezident Qo‘qon aeroportidan Toshkentga har kuni, Samarqand, Buxoro va voha shaharlariga esa har hafta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergandi. Davlat rahbari endi bu aeroport xalqqa manfaat keltirishi kerakligini ta’kidlagandi. Buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlariga hukm o‘qildi Zarafshon aeroporti qayta ishga tushirilishi mumkin Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻndirildi Toshkentda oltin quymalarini kosmetika ichiga yashirgan shaxs ushlandi