Prezident qayta ochilgan Qoʻqon aeroportiga bordi
U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berdi.
Yangidan ochilgan Qoʻqon aeroportiga 11-iyul kuni Oʻzbekiston prezidentining samolyoti ilk bor qoʻndi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan, yaqin yoʻnalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Aeroport 2001-yilda fuqaro aviatsiyasi samolyotlarini qabul qilishni toʻxtatgan va keyinchalik Oʻzbekiston Qurolli kuchlarining Harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida 2024-yil 1-aprelda ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yoʻlga qoʻyilgan.
Davlat rahbari u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Aeroportda 100 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qoʻnish yoʻlagi qoplamasi taʼmirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari oʻrnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320−200 va ATR 72−600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
“Prezident endi bu aeroport xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini taʼkidladi. Buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda. Parvozlar SilkAvia kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Toshkentdan Qoʻqonga 19 kishini sigʻdira oladigan LET L-410 samolyoti qatnaydi, uchish 1 soat vaqt talab etadi, narxlar 191 ming 365 soʻmdan boshlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadan kelgan fuqarodan o‘qotar qurol topildi Toshkent aeroportida dori vositalarini non ichga yashirgan shaxs ushlandi Prezident mahkumlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali muloqot qildi Prezident qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi