Termiz aeroportidagi rekonstruksiya ishlari toʻliq yakunlandi
Oxirgi bosqichda ikkinchi va asosiy yurish yoʻlaklari uchastkasi hamda perronda 3 ta samolyot uchun turar joy ham barpo qilinib, unga yoritish moslamalari oʻrnatildi.
Termiz xalqaro aeroportida aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilishning oxirgi, uchinchi bosqichi yakunlangandi. Uzbekistan Airports xabariga koʻra, bunda ikkinchi yurish yoʻlagi (PD-A) va asosiy yurish yoʻlagi uchastkasi qurilishi tugatilgan.
Qayd etilishicha, har bir yurish yoʻlagining tayanch qismi kengligi 23 metr, umumiy eni esa 44 metrni tashkil etadi, bu esa Boeing-787/777, Airbus-330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarga cheklovlarsiz yurish imkonini beradi. Shuningdek, perronda uchta samolyotlar turar joylari qurilib, unga yoritish moslamalari oʻrnatilgan.
Kompaniyaga koʻra, rekonstruksiya uchun material sifatida uchish-qoʻnish yoʻlagi kabi sement beton ishlatilgan. “Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimida optimal yechim boʻlib, uchish-qoʻnish yoʻlagi yanada mustahkam va bardoshliroq boʻladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil oxirida boshlangan rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi 2022-yil dekabrida yakunlangandi. Oʻshanda 4E toifali aerodrom majmuasining katta qismi, jumladan, uzunligi 3000 metr va eni 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlaklari va uchta samolyot turar joyi uchun perron qurilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadan kelgan fuqarodan o‘qotar qurol topildi Toshkent aeroportida dori vositalarini non ichga yashirgan shaxs ushlandi Termizdagi “zapravka”larga vaqtincha gaz yetkazib berilmaydi Surxondaryoda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi DXX hududlarda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi