11 Iyul 2024, 11:16 Oʻzbekiston

2024-yilning birinchi yarmida koʻchmas mulk savdosi 5,7 foizga qisqardi

Ammo hududiy kesimda vaziyat bir turli boʻlmagan dinamika bilan xarakterlangan.

2024-yilning birinchi yarmida koʻchmas mulk savdosi 5,7 foizga qisqardi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻzining navbatdagi sharhida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozorida sodir boʻlgan oʻzgarishlarni tahlil qildi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning iyunida koʻchmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni kamayib, jami 20,2 mingtani tashkil qilgan.

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari boʻyicha koʻchmas mulk bozorida umumiy savdolar hajmi 5,7 foizga pasaydi. Ammo hududiy kesimda vaziyat bir turli boʻlmagan dinamika bilan xarakterlanadi, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida faollik oshgani qayd etilgan.

Tahlil koʻchmas mulk bozori beqarorligi va qisqa muddatli tebranishlariga ishora qilmoqda. Xususan, bir oy davomida faollik 6,4 foizga pasayib, ikki oylik ijobiy dinamika oʻrnini egalladi. Holbuki may oyida sotuvlar 9 foizga, aprel oyida esa 11 foizga oshgan edi. Yil davomida sotuvlar esa deyarli 14 foizga pasaydi.

Mashhur yangiliklar