Urgutda qoʻngʻir ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 echkini yeb qoʻydi
Noyob tur hisoblangan Oʻrta Osiyo qoʻngʻir ayiqlari Urgut tumanining Soygʻus mahallasiga yaqin hududga tushib kelgani aytilmoqda. Holat nazoratga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi Soygʻoʻs mahallasi hududiga 3 ta ayiq kelib, mahalliy aholining chorvasiga hujum qilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi va uning Urgut tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olingan.
Mazkur holat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Kunkoʻrmas dovonining Qashqadaryo viloyati hududida sodir boʻlgan. Urgut tumani Soygʻoʻs mahallasi choʻponlari suv sathidan 2500-2700 metr balandlikda, yaʼni ayiqlarning yashash manzilida qoʻylarini boqib kelishayotganda qoʻngʻir ayiqlar toʻrt bosh echkini yeb qoʻygan.
Choʻponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Shuningdek, mahalliy aholi 2 kun oldin kechasi ayiqlar Soygʻoʻs mahallasiga 2-3 km yaqinlikdagi togʻ bagʻrida oʻsuvchi mevali daraxtlarni yeyish uchun tushib kelganini aytgan. Boshqarmaga koʻra, hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi Jizzaxda ikki kishi ayiq hujumidan halok boʻlgani haqidagi xabar rad etildi Самарқанд вилоятининг иккита туманида ИИБ бошлиқлари ўзгарди Ургутдаги тоғда адашиб қолган йигитлар қутқарилди