9 Iyul 2024, 09:14 Oʻzbekiston

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

2024/2025-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasini berish boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Mashhur yangiliklar