4 Iyul 2024, 17:43 Oʻzbekiston

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

Hozir cheklangan ustama distribyutorlarga 15%, dorixonalarga 20% ni tashkil etadi, u faqat retsept boʻyicha beriladigan dorilar uchun qoladi. Shuningdek, farmkorxonalar QQS toʻlovchiga aylanadi.

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

Oʻzbekistonda tibbiy texnikalar va retseptsiz sotiladigan dori-darmonlarga nisbatan narx cheklovlarini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov 4-iyul kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi biznes vakillari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot chogʻida maʼlum qildi.

Tadbirkorlardan birining aytishicha, belgilangan tarif limiti tufayli dori-darmon va tibbiy texnika kontrabandasi “gullab-yashnamoqda”, QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilingandan soʻng bozorda kontrabanda mahsulotlari yanada koʻpayib ketishi mumkin. Shuningdek, u dori vositalari millionlab tirajda, tibbiy asbob-uskunalar esa uzogʻi bilan 1000 dona sotilayotganiga eʼtibor qaratdi.

2017-yildan boshlab ulgurji savdo (distribyutorlar) uchun cheklangan ustama bazaviy narxning 15 foizini, chakana savdo (dorixonalar) uchun xarid narxining 20 foizini tashkil qiladi. 2020-yilda dori-darmonlar narxlari referent narx belgilash tizimi doirasida roʻyxatdan oʻtkazila boshlandi. Bu tartibga soluvchi organ tomonidan ishlab chiqarilgan va boshqa bir qancha mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi mahsulot narxlarini taqqoslashdir. Davlat regulyatori xorijda maʼlum bir mahsulot uchun narx darajasini taqqoslab, sotuvchilarga undan oshib ketishini taqiqlab, bozor narxining chegarasini tanlash huquqiga ega.

Mashhur yangiliklar