Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
Prezident Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni Uttar-Pradesh shtatining Hatras okrugidagi diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘lib, 31 kishi jarohat olgandi. Fojia sodir bo‘lgan yerda o‘n minglab odamlar voiz Bhole Babani tinglash uchun to‘plangan.
Politsiya hisobotiga ko‘ra, ruxsat etilgan sig‘im 80 mingga yaqin bo‘lgan bo‘lsa ham, yig‘inda 250 mingga yaqin odam qatnashgan. Bu Hindistondagi diniy yig‘inda yuz bergan va ko‘p sonli qurbonlari bor birinchi tiqilinch emas, deya ta’kidlaydi Reuters.
2005-yilda Vay shahridagi Mandxardevi ibodatxonasida 265 dan ortiq odam halok bo‘lgandi, 2008-yilda esa kamida 250 kishi Rajastandagi Chamundagar ibodatxonasida tiqilinch qurboni bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Hindistonda shifoxonadagi yong‘in oqibatida chaqaloqlar halok bo‘ldi Shoir Mansur Jumayev 33 yoshda vafot etdi O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzulloyev vafot etdi Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi Mashhur bastakor Musaxon Nurmatov vafot etdi