Endi yo‘l obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng quriladi va taʼmirlanadi
Yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko‘ra taqdim etilishi shart hisoblanadi.
“Yo‘llar va yo‘l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obyektini har qanday ko‘rinishda taʼmirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi;
- ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda ko‘rsatiladi;
- ruxsatnoma yo‘l obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bog‘liq yoki boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi.
Ruxsatnomada yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirish ko‘rsatiladi
Yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko‘ra taqdim etilishi shart hisoblanadi.
Ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va taʼmirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo‘ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi