2 Iyul 2024, 11:15 Oʻzbekiston

Fargʻonada fuqaroning uyidan 37 kg giyovhand oʻsimlik topildi

Margʻilon shahrida erkak uyida 13 tup marixuana oʻstirayotgani aniqlandi.

Fargʻonada fuqaroning uyidan 37 kg giyovhand oʻsimlik topildi

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida yashash uyida giyohvand modda oʻstirayotgan fuqaro ushlandi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

29-iyun kuni “Qoradori-2024” tadbirida Tuyagum mahallasida yashovchi A.K.ning (1971-yilda tugʻilgan) yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Unda aniqlanishicha, u uyidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand oʻsimligini parvarishlab kelgan.

Shuningdek, A.K. 10 dona 3 litrli idishda 12 kg 537 gr koʻknori boshoqlari, 2 dona 3 litrli idishda 2 kg 570 gr marixuana moddasi, oq polietilen paketda 41 gr gashish giyohvandlik moddasi hamda oq polietilen qopda 22 kg 550 gr koʻknori somoni saqlab kelayotgani aniqlangan.

Jami olingan giyohvand moddalar miqdori 37 kilogrammdan ziyodni tashkil qilgan. Ushbu daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar