2 Iyul 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Prezident mutasaddilarga energiya yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha topshiriq berdi

2024-yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirilgan.

Prezident mutasaddilarga energiya yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.

Aholi o‘sib, korxona va muassasalar ko‘paygani sayin energiya resurslariga talab oshib borishi tabiiy. Mamlakatda shunga mutanosib energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, bu quvvatlardan oqilona foydalanish, energiyani tejash ham juda zarur.

Shu maqsadda iqtisodiyot tarmoqlaridagi eski texnologiyalar energiya tejamkoriga almashtirilmoqda. Sanoat korxonalarida “yashil” energiya manbalari joriy qilinmoqda. Binolarni qurishda issiqlikni saqlovchi materiallardan foydalanilmoqda. Xonadonlar va ijtimoiy muassasalarda o‘rnatilgan quyosh panellari ularga qo‘shimcha quvvat bermoqda.

2024-yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirilgan edi. U, ishlab chiqarishga xalal bermagan holda, energiya isteʼmolini samarali tashkil etish orqali muayyan hajmlarni tejashga qaratilgan.

Mashhur yangiliklar