10 Aprel 2025, 12:04 Oʻzbekiston

Toshkentda yuk mashinasi haydovchi va yoʻlovchi bilan birga yonib ketdi — video

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, erkak rulda uxlab qolgan va YTHga uchragan.

Toshkentda yuk mashinasi haydovchi va yoʻlovchi bilan birga yonib ketdi — video

8-aprel kuni Toshkentda yuk mashinasi YTHga uchrab, haydovchi va yoʻlovchi bilan birga yonib ketdi, deb yozadi Millar.

Hodisa soat 05:34 da Yangihayot tumani Yangi Toshkent koʻchasida sodir boʻlgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 05:37 da yetib borgan, yongʻin soat 05:40 da oʻchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Isuzu yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolib, YTHga uchragan, shundan soʻng transport vositasi yonib ketgan, erkak va uning yoʻlovchisi esa ichkarida qolgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, odamlar qutqaruvchilar kelishidan oldin ham yordam berishga harakat qilgan, biroq yongʻin tufayli transportga yaqinlasha olmagan.

Mashhur yangiliklar