10 Aprel 2025, 09:52 Oʻzbekiston

Toshkentda Zeekr elektromobili quvvatlash paytida yonib ketdi — video

Hodisaga elektromobil akkumulyatoridagi yongʻin sabab boʻlgan.

Toshkentda Zeekr elektromobili quvvatlash paytida yonib ketdi — video

10-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yonayotgan avtomobil videosi tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisaga izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, yongʻin soat 07:30 da Toshkent shahri Chilonzor tumani Furqat koʻchasida sodir boʻlgan. Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv texnikalari soat 07:35 da yetib borib, yongʻin soat 08:28 da bartaraf etilgan. Yongʻinga elektromobilning akkumulyator qismidagi yongʻin sabab boʻlgan. Hech kim jabrlanmagan.

“Hurmatli fuqarolar barcha elektromobillarning batareyalari oʻzida juda katta miqdorda energiyani saqlashi sababli, xalqaro tajribaga muofiq yongʻin chiqgan akkumulyator ichidagi elektr quvvati toʻliq tugagunga qadar, akkumulyatorni sovitish ishlari amalga oshiriladi shu sababli yongʻinni oʻchirish usuli boshqa oddiy yoqilgʻida yuruvchi avtomobillardan farq qiladi”, — deya tushuntirdi boshqarma.

Eslatib o‘tamiz, Namangandagi gaz quyish shoxobchasida Damas to‘liq yonib ketgandi. Yong‘in sababi hozircha aniqlanmagan, jabrlanganlar yo‘q.