10 Aprel 2025, 08:02 Oʻzbekiston

Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv harorati pasayishi mumkin

Mutaxassislar avariyalarning oldini olish maqsadida issiqlik quvurlarini gidravlik sinovdan oʻtkazadi.

Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv harorati pasayishi mumkin

10-aprel kuni Toshkentning Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining baʼzi hududlarida issiq suv harorati vaqtincha pasayishi mumkinligi haqida Veolia Energy Tashkent xabar bermoqda.

Berilgan maʼlumotlarga koʻra, 10-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha 1-IM va 10-IM qozonxonalarida mutaxassislar tomonidan issiqlik tarmoqlari quvurlarining gidravlik sinovlari oʻtkaziladi. Bu sinovlar zaif boʻlishi mumkin boʻlgan joylarni aniqlash, avariya holatlarining oldini olish, issiqlik taʼminoti ishonchliligini oshirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi.

Shu sababli, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv harorati vaqtincha pasayishi mumkin. Kompaniya vakillari rejadagi ishlar yakunlangach, mutaxassislar qisqa vaqt ichida issiq suv taʼminotining barqaror rejimini tiklashini taʼkidladilar.

Mashhur yangiliklar