9 Aprel 2025, 09:44 Sport

Oʻzbekiston Superkubogi qaysi stadionda oʻtishi aniq boʻldi

Reglamentdan kelib chiqib, mamlakat chempioni sifatida “Nasaf” uchrashuvning nominal mezboni boʻladi. Superkubok oʻyini bilan bogʻliq qolgan detallar har ikki klub bilan oʻzaro kelishib olinadi.

Oʻzbekiston Superkubogi qaysi stadionda oʻtishi aniq boʻldi

Oʻzbekiston Superkubogi bahs qaysi stadionda oʻtkazilishi maʼlum boʻldi. Bu haqida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, mamlakatning amaldagi chempioni “Nasaf” hamda kubok sohibi “Andijon” oʻrtasidagi bahs “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.

Reglamentdan kelib chiqib, mamlakat chempioni sifatida “Nasaf” uchrashuvning nominal mezboni boʻladi. Superkubok oʻyini bilan bogʻliq qolgan detallar har ikki klub bilan oʻzaro kelishib olinadi, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, “Nasaf” — “Andijon” oʻrtasidagi oʻyin 27-may kuni boʻlib oʻtadi. Musobaqaning amaldagi gʻolibi “Nasaf” boʻlib, 2024-yilning 29-may sanasida “Paxtakor”ni magʻlub etib (1:1, penaltilar seriyasi — 4:3), sovringa ega chiqqan.

Mashhur yangiliklar