11-yanvar kuni O‘zbekistonda nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq;
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarga tuman tushdi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.




















