10-yanvar kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz qisman o‘chirildi, deya xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Shu sababli soat 09:00 dan 18:00 gacha Beshkapa mahallasi aholisi gazsiz qoldirildi.

Avvalroq Toshkent viloyatida yuk mashinasi o‘rta bosimli gaz quvurini shikastlab, yuzlab xonadonlarni gazsiz qoldirgani haqida xabar berilgandi. Ta’mirlashdan keyin tez orada ta’minot tiklanadi.